Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

♻️ “Ma’rifat” mahallasida sanitar holat deputat nazoratida.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev hamda shahar Kengashi deputati Ado0lat SDP a'zosi A.Xamidov ishtirokida “Ma’rifat” MFY hududida #chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishning asosiy maqsadi:
📍 Hududdagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holatini tahlil qilish;
📍 Maxsus texnikalar harakati grafigiga rioya etilishini ko‘zdan kechirish;
📍 Chiqindi yig‘ish maydonchalarining bugungi holatini o‘rganish.

Muloqotlar davomida aholi tomonidan chiqindi tashish xizmati sifati bo‘yicha bildirilgan fikrlar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi korxona mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3