Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan Dolzarb 90 kunlik hamda "Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida "Kengash" MFY hududida "Kitob sovg‘a" aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar va ularning farzandlariga yangi nashrdan chiqqan badiiy hamda ma'rifiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitoblarni tahlil qilish va o‘zaro tavsiya etishning ahamiyati alohida ta'kidlandi.
Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.