Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z. Nizomiddinov tomonidan joriy yilning 26-iyun kuni fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning muammolarini joyida hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, yer munosabatlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.

🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3