Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Xasanov ishtirok etdi.
Forum doirasida Baxtiyor Xasanov “O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi: saqlash, rivojlantirish va xalqaro e’tirof” mavzusida ma’ruza taqdim etdi.
Ma’ruzada mamlakatimizning boy nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash, rivojlantirish, kelajak avlodlarga yetkazish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ushbu forum dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan olimlar, mutaxassislar va madaniyat arboblari uchun tajriba almashish, ilmiy-madaniy hamkorlikni rivojlantirish hamda nomoddiy madaniy merosni asrash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish maydoniga aylandi.
✅ O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi xalqaro maydonlarda keng targ‘ib etilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!