Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi F.Malikovalar ishtirokida Oqdaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
👥 Tashrif davomida markazning Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash sho‘basi mudiri I.Ravshanov hamda Vasiylik va homiylikdagi bolalarni himoya qilish sho'basi mutaxassis O.Suyundikov faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🔍 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi:
✨ Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash yo‘nalishi doirasida:
🔹ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash,
reabilitatsiya xizmatlariga yo‘naltirish,
🔹 bandligini ta’minlash va kasbga o‘qitish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar,
🔹 individual ehtiyojlardan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish tizimi o‘rganildi.
✨ Vasiylik va homiylikdagi bolalar bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha:
🔹 bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish,
🔹 ularning yashash sharoitlari va tarbiyasi ustidan monitoring olib borish,
🔹 oilaviy muhitni mustahkamlash hamda zarur hollarda ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish,
🔹 bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlarining ijrosi tahlil qilindi.
📊 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi, elektron bazalarning holati hamda xizmat ko‘rsatish sifati alohida e’tiborga olindi.
📝 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
🤝 Ushbu o‘rganish ishlari aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ayniqsa ehtiyojmand toifadagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.