35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
📌 Qonun ijrosi va mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayorov tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-641-son Qonunining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida qonunda belgilangan huquq va kafolatlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash borasidagi ustuvor vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga amaldagi qonunchilik asosida batafsil tushuntirish va huquqiy izohlar berildi.

Mazkur tadbir aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.