35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Joriy yilning 26-iyun kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Denov tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyatining faoliyatni muvofiqlashtirish hamda metodik yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi rejali tadbirlari doirasida kotibiyat bosh mutaxassislari Erali Isoqov va Sunatullo O‘ktamovlar xalq deputatlari Denov tumani Kengashi kotibiyati faoliyatini o‘rganish maqsadida xizmat tashrifini amalga oshirdi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi tuman Kengashi kotibiyatining faoliyatini joyida o‘rganish, ish yuritish tizimining amaldagi holatini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan amaliy va metodik tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Denov tumani Kengashi kotibiyatining joriy faoliyatiga oid hujjatlar, jumladan, Kengash sessiyalarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq materiallar, deputatlik so‘rovlari va murojaatlari ijrosi, doimiy komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlar, ish yuritish va ijro intizomi holati hamda boshqa tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kotibiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, kotibiyat faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 5