35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida soha egalari e'tirof etildi.

Tadbirda shahrimizda uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan faxriy jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar kasb bayrami bilan samimiy qutlandi.

So‘zga chiqqanlar jurnalist va OAV xodimlarining jamiyat hayotida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga tezkor va xolis axborot yetkazish, davlat organlari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdagi munosib hissasini alohida e’tirof etdilar.

Bayram munosabati bilan faxriy jurnalistlar hamda sohada fidokorona mehnat qilayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida soha vakillariga mustahkam sog‘lik, ijodiy yutuqlar, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatlariga omad tilandi.

Slide 1 of 6