35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Mahalliy Kengash deputatlarining faoliyati davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appaqov va R. Ahmadulin kotibiyat bosh mutaxassislari bilan birgalikda Andijon shahar 2-son sport maktabida bo‘lishdi.

Tashrif davomida sport maktabida sportni rivojlantirish, bolalarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda sport maktabida 22 ta sport bo‘limi faoliyat yuritib, 1070 nafar o‘quvchi 60 nafar malakali trener rahbarligida mashg‘ulot olib bormoqda.

Shuningdek, muassasada barcha zarur sharoitlar yaratilgani, hudud to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlangani hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida elektron hujjat aylanish tizimi yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Slide 1 of 9