35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Kotib

Xalqimizda azaldan mahallani Vatanning asosi, tayanchi deb bilishadi. Negaki, barcha yezgu tashabbuslar avvalo shu manzildan boshlanadi. 

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Kuchkarov tomonidan “Ekologik” partiyasi tuman Kengashining 19-Minglola saylov okrugi deputati Shuxrat Fayziyev faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Uchrashuv jarayonida mutasaddilar bilan “mahalla yettiligi” va faollarning bosh maqsadi aholining turmush tarzini yanada yuksaltirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlar tarbiyasini kuchaytirish, atrof-muhit obodonchiligini ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirishdan iboratligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi. 

Mahalla mutasaddilari fuqarolarning mavjud muammolarini joyida o‘rganib, hal etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilayotganligini ta’kidlab o‘tishdi.

Uchrashuv davomida belgilangan choralar yuzasidan ma’lumotlar deputat Sh.Fayziyevga kiritilishi hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar natijadorligi nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3