35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
Qonun ijrosini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🏥 Navbatdagi o‘rganish Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tug‘ruqxona bo‘limida olib borildi.

👥 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sohaga oid qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida homilador ayollarni erta ro‘yxatga olish, patronaj kuzatuvlarini tashkil etish, skrining tekshiruvlarini o‘z vaqtida o‘tkazish, yuqori xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollar ustidan tibbiy nazoratni olib borish, tug‘ruqdan keyingi kuzatuv tizimi, tibbiy hujjatlar yuritilishi hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati tahlil qilindi.

🩺 Shuningdek, bo‘limning moddiy-texnik ta’minoti, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga amal qilinishi o‘rganildi.

Slide 1 of 7