35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
SESSIYA OLDI UCHRASHUVIDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI YUZASIDAN CHORALAR BELGILANDI.

Parkent tumani “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 40-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida deputat fuqarolarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar bilan tanishtirib, ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, saylov okrugi hududida istiqomat qilayotgan aholini mavjud muammo va takliflari yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirishga chaqirdi.Tadbirda tegishli tashkilotlar vakillari, “Istiqbol” mahallasi yettiligi hamda maktab ma’muriyati ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berdilar.Qabul davomida aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish, mahalla hududiga yangi maktab qurish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Xususan, “Istiqbol” MFY hududiga yangi maktab qurish masalasi yuzasidan bildirilgan murojaatlar navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti muhokamasida deputatlik nazorati tartibida ko‘tarilishi belgilandi. Mazkur masala deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.Shuningdek, murojaatlarning bir qismi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan joyida muhokama o‘tkazilib, fuqarolarga amaliy tushuntirishlar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Slide 1 of 3