35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – doimiy nazoratda
янв.21
📍 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – doimiy e'tiborda
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida
янв.21
Aholi manfaatlari – doimiy e'tiborda!
янв.21
🏡 "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili amalda
янв.21
📍 Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
янв.21
📍 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
янв.21
📍 Deputat hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

🇺🇿 «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33⁹-moddasiga muvofiq, 2026-yil 24–27-iyun kunlari deputatlarning saylov okruglarida olib borayotgan o‘rganishlari doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Irina Aleksandrovna Tokareva Uchtepa tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasida joylashgan 74-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

🇺🇿 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Xamitova Galina Gennadiyevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etishdi.

🗂 Tashrif davomida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 22-iyundagi III-30-54-14-202-K/26-sonli “Uchtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2026-yil 23-maydagi 02-PA 1/1-2736-son xati ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

📇 O‘rganish davomida maktabda tashkil etilgan kompyuter, musiqa va san’at, sport hamda kasb-hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlanganidek, yozgi mavsum davomida tumandagi 32 ta umumta’lim maktabida yoshlarning qiziqishlari va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan turli yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

💬 Muloqot jarayonida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish, ularning intellektual va jismoniy salohiyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 O‘rganish yakunida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yoshlarning har tomonlama kamol topishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda ularni turli salbiy ta’sirlardan asrashda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 6