Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌟 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
💧 Aholi murojaati – amaliy yechim sari muhim qadam
янв.21
📍 Deputat o‘rganuvi: ijara yerlaridan samarali foydalanish – e’tibor markazida
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi — muloqot va imkoniyatlar maydoni
янв.21
Mahalla infratuzilmasi – deputat e’tiborida
янв.21
📚🌿 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — kelajak sari muhim qadam
янв.21
📍 Hududlar obodligi — e’tibor markazida
янв.21
📍 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏃‍♂️ Yoshlar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati — amaliy e’tiborda
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda hududda olib borilgan o‘rganishlar davomida “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini, Bahmalbof ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat bildirildi.

Murojaatda mahalla hududidagi elektr uzatish tarmoqlariga tegishli ayrim simyog‘ochlarning texnik holati talab darajasida emasligi, kuchli shamol va noqulay ob-havo sharoitlarida elektr tarmoqlarida tez-tez nosozliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Shuningdek, elektr simlarining tutashuvi natijasida chaqnashlar sodir bo‘lib, ayrim hollarda simyog‘ochlar va tarmoqlarning shikastlanishi kuzatilayotgani, bu esa aholi xavfsizligi hamda elektr energiyasi ta’minoti barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Mazkur murojaat asosida deputat tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, hududdagi elektr uzatish tarmoqlari va simyog‘ochlarning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, eskirgan infratuzilmani yangilash hamda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalalari ko‘tarildi.

Deputatlik so‘rovida amalga oshiriladigan ishlar muddati va rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish ham so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2