Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 1–6–iyun kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasining 8-bandi bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A.Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan 4-“Shohbekat” saylov okrugi hududidagi “Barkamol” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
Hududda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Uylarning tashqi qismi ta’mirlanmoqda
Piyodalar yo‘laklari yangilanmoqda
Bolalar maydonchalari barpo etilmoqda
Hudud obodonlashtirilmoqda
Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar mahalla aholisiga ko‘tarinki kayfiyat va mamnuniyat bag‘ishlamoqda.
Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari davom etadi!