Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌟 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
💧 Aholi murojaati – amaliy yechim sari muhim qadam
янв.21
📍 Deputat o‘rganuvi: ijara yerlaridan samarali foydalanish – e’tibor markazida
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi — muloqot va imkoniyatlar maydoni
янв.21
Mahalla infratuzilmasi – deputat e’tiborida
янв.21
📍 Hududlar obodligi — e’tibor markazida
янв.21
📚🌿 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — kelajak sari muhim qadam
янв.21
📍 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏃‍♂️ Yoshlar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati — amaliy e’tiborda
XAFTALIK ISH REJASI E’LON QILINDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 12–16-may kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi tasdiqlandi va ijro uchun qabul qilindi.

Mazkur ish rejasiga muvofiq, hafta davomida quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshiriladi:

Deputatlar faoliyati va uchrashuvlarini ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish;
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
19-sessiyada qabul qilingan qarorlarni “E-Kengash” platformasiga joylashtirish;
4-“Shohbekat” saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlarini o‘rganish;
Andijon shahar Tibbiyot birlashmasining 2026-yil 1-chorak hisoboti yuzasidan muhokama o‘tkazish;
PQ-62-son qarori asosida Andijon shahrida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish;
Deputat so‘rovlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Belgilangan barcha tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi qat’iy nazoratga olinadi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi