Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati 

# Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi

📍Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G‘.Sadikov, kotibiyat mudiri B.Baxovadinovlar tomonidan "Mash‘al" MFY yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

❗️O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi. 

🖋Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati.