Yangiliklar

Deputat – mahalla va davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik

Deputat o‘z faoliyatini xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta'minlash maqsadida mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tashkil etmoqda. 

⏺O‘rganish jarayonida:

💬Mahalla vakillari bilan muloqot: Deputat dastlab mahalla faollarining ish faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va xatlov natijalari bilan yaqindan tanishdi.

💬Infratuzilma ko‘zdan kechirildi: Hududdagi ichki yo‘llar holati va elektr ta’minoti tizimi bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔅Deputat X.Jurayevning bu kabi tizimli o‘rganishlari saylovchilarning muammolarini bevosita joyida aniqlash va ularni davlat idoralari oldida ko‘ndalang qo‘yish orqali hal etishga xizmat qiladi.

🫥Xalq vakili va mahalla hamkorligi — aholi farovonligining bosh garovidir!

Slide 1 of 6