Romitan tumanining Urganjiyon, Bog‘iturkon hamda O‘ba mahalla fuqarolar yig‘inlari "og‘ir toifada"gi mahallalardan kiritilgan.
1-Sadriddin Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligida ishchi guruh Bog‘iturkon mahallasida tashrif buyurib, bu yerda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va mahallani og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar muhokama qilindi.