Yangiliklar

“Ajrim yoqasidagi oilalar taqdiri – e’tibor markazida”

 Joriy yilning 2-fevral kuni Buloqboshi tumanida jamiyatda oila mustahkamligini saqlash, ajrimlarning oldini olish va muammoli oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ajrim yoqasida turgan oilalar bilan ochiq va samimiy suhbatlar tashkil etildi. 

Ushbu uchrashuvda Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Xolmatova hamda sohaga daxldor boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. 

Jumladan, oiladagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘zaro hurmat va sabr-toqatni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlar yuzasidan batafsil
tushunchalar berildi. Mutaxassislar tomonidan oilaning muammosi alohida tinglanib, amaliy tavsiyalar va maslahatlar bildirildi.
  

Slide 1 of 4