Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda doimiy komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF–128-sonli Farmoni ijrosi, ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini, shu jumladan yoshga doir pensiyalar bilan moddiy qo‘llab-quvvatlashni tuman miqyosida ta’minlash holatini o‘rganish natijalari yuzasidan Sherobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati muhokama qilindi.

Shuningdek, tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari J.Himmatovning axboroti eshitildi.