Tumanimizning gazlashmagan olis hududlarida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Aholini sifatli ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlari hudud deputatlari tomonidan nazoratga olingan.
Jumladan, 25- Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat B.Begmatov tomonidan Yoshlik 2, Paxtakor, Dehqonobod mahallarida bo‘lib, bugungi kunda aholining ehtiyojiga nisbatan ko‘mir bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganildi.
Qishning birinchi oyi ham kirib keldi. Mahalla raisi tomonidan aholini ko‘mir bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda. Deputat esa nazoratni kuchaytiradi.