Yangiliklar

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A. Xolmirzayev tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu jarayon doirasida deputat tomonidan Savrak mahallasida barpo etilayotgan yangi mahalla binosini qurayotgan “AN NUR BXI” MCHJ tomonidan, qurilishning olib borishi, belgilangan me’yor va talablarga rioya etilishi hamda ishlarning sifat darajasi batafsil o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputat quruvchilar bilan qurilish ishlari sifati, xavfsizlik talablari hamda loyihada belgilangan muddatlarga rioya etilish holatini yuzasidan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida quruvchilarga yaratilgan shart sharoitlar, issiq yotoq joy, issiq ovqat bilan ta’minlanganligi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3