Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Bugungi kunda tumanimizdagi qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari,shuningdek, , chiqindidan xoli hududga aylantirish borasidagi amaliy ishlar keng ko‘lamda boshlanib yuborilgan.

Ayniqsa, yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlari jadal suratda olib borilmoqda.

Qurilish obyektlarining sifatli olib borilishi va belgilangan muddatlarda topshirilishida esa deputatlarimiz faol ishtirok etib, ular tomonidan barcha obyektlarda nazorat o‘rnatilgan. 

Deputat B.Begmatov o‘ziga biriktirilgan Paxtakor mahallasida bo‘lib, 2 km. uzunlikdagi markaziy yo‘lda boshlangan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Natijada qurilish sifati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli quruvchi tashkilot rahbariga e’tiroz bildi. Qurilish sifatini oshirish zarurligi hamda deputat nazoratiga olinganligi yuzasidan qattiq ogohlantirdi.

Slide 1 of 3