Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Ma'lumki "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№ O‘RQ-415) 2020-yil 15-oktyabr kuni qabul qilingan.

Ushbu qonun talablaridan kelib chiqqan holda, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati I.Qodirova tomonidan O‘rikzor mahallasi binosida keksa nuroniylar va mahalla xodimlari o‘rtasida mazkur qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 3