Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

🏛 Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi R.Toshturdiyev raislik qildi. Unda deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

📄 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-son Farmonida belgilangan vazifalarning Qamashi tumanidagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

📊 Qamashi tumanidagi ijtimoiy holat bo‘yicha ayrim ko‘rsatkichlar:
🏘 Tumanda jami 57 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda 56 465 ta xonadon va 76 231 ta oila istiqomat qiladi.
📌 Shundan:
🔹 kambag‘al oilalar — 3 283 ta;
🔹 davlat ta’minotidagi oilalar — 2 251 ta;
🔹 kambag‘allik chegarasidagi oilalar — 82 ta;
🔹 jami “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar — 5 616 ta.

🤝 Yig‘ilish davomida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan kambag‘al, davlat ta’minotidagi hamda kambag‘allik chegarasidagi oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holati, mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔎 Deputatlar tomonidan hududlarda 56 ta oila o‘rganilib, o‘rganishlar davomida jami 59 ta muammo aniqlangan.

📍 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarning daromadlarini oshirish, ularni doimiy va barqaror ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Shuningdek, aniqlangan muammolarni belgilangan tartibda hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.

📈 Doimiy komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish, muammolarni manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.