35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI

8-Maorif saylov okrugi deputati B.Obidov tomonidan joriy yilning may oyida shahar hokimi o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘rovida Maorif mahallasidagi yo‘llarning holatini yaxshilash, xususan, muammoli ko‘chalardan birini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan edi.

Bugungi kunda deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala amaliy yechimini topib, Ulugʻbek tor koʻchasida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Kotibiyat mudiri A.Ermatov va kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hududga chiqib, amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlarining borishini shaxsan nazorat qildi. O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining sifati, ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda aholiga qulaylik yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 8