#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan xotin-qizlar bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirilib, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|