2-BAND IJROSI: AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kazakov tomonidan Galatut mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔎 Uchrashuv davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishdagi mavjud muammolar hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.
💬 Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar va takliflar deputat tomonidan qayd etib olindi.
📌 Kelib tushgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratiga olinadi.
🤝 Aholi murojaati — deputat e’tiborida, muammo — nazoratda!