1-BAND IJROSI: YOSHLAR BILAN ISHLASH — MUHIM YO‘NALISH
💬 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat N. Allayorova tomonidan Ilm mahallasida yoshlar bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning muammolari, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.