Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📋 Yig‘ilishda komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar, ijtimoiy sohadagi dolzarb vazifalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🤝 Doimiy komissiyalar faoliyati — hududdagi ijtimoiy masalalarni manzilli o‘rganish va deputatlik nazoratini kuchaytirishning muhim vositasidir.