O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron tumanidagi mahallarda deputatlar va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikda aholi muammolarini o‘rganish va tizimli ravishda hal etish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Jumladan, 20-Qoraxtoy saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi deputati Ashurova Mohidil tomonidan “Qoraxtoy” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Qoraxtoy” mahallasi fuqarolari tomonidan mahalladagi mavjud muammolar ko`rilib aholini qiynab kelayotgan masalalar va ularni yechim topishi bo‘yicha tegishli mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash belgilab olindi.