#Biriktirilgan_tashkilot
#doimiy_komissiya_faoliyati
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 25-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi
Bandixon tumanida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini monitoring qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 12-Obod yurt saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Obod yurt" mahallasida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Monitoring davomida muassasaning yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinf xonalarining mavsumga shayligi, moddiy-texnik imkoniyatlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.
Tashrif yakunida aniqlangan muammoli masalalarga yechim topish va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha maktab mas’ullariga tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.