35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan aholining ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha bildirgan murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida tumanning “Markaziy” mahallasidagi Bahor va Cho‘lpon ko‘chalaridagi ichki yo‘llarning mavjud holati ko‘zdan kechirilib, yo‘llarning harakatlanish uchun qulayligi, qoplamaning holati hamda aholi uchun tug‘dirayotgan muammolar tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida Cho‘lpon ko‘chasida asfalt qoplamasi eskirgani, ta’mirtalab holga kelgani, Bahor ko‘chasida umuman qattiq qoplama mavjud emasligi aniqlandi. Bu holat, ayniqsa, yog‘ingarchilikli kunlarda aholi, maktab o‘quvchilari, keksa fuqarolar hamda avtotransport vositalari harakati uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

🔻Deputatlar tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan ichki yo‘llar masalasi nazoratga olinib, holati qoniqarsiz bo‘lgan ushbu ko‘chalarda bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlarini tashkil etish yuzasidan mas’ullarga takliflar bildirilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5