35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlarida Kengashning 2026-yil 12-iyundagi VII-33-35-10-136-K/26-sonli “Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Bo‘stonliq ko‘chasiga piyodalar yo‘laklarini qurish va ichki yo‘lni asfaltlashtirish uchun ajratilgan 500,0 mln. so‘m miqdordagi mablag‘lar, shuningdek, Amir Temur ko‘chasiga piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari uchun ajratilgan 487,0 mln. so‘m miqdordagi mablag‘larning o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔻Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlardan asosiy maqsad – piyodalarga xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratib berish va yo‘l infratuzilmasi holatini yaxshilashdir. Belgilangan ishlar boshlanmaganligi aniqlanib, mas’ullarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 6