35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 1-“Qoraqalpoq” saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.O‘rganish jarayonida “Mahalla yettiligi” vakillari, jumladan, mahalla hokim yordamchisi ham ishtirok etdi. Xususan, ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholiga ko‘rsatilayotgan maishiy chiqindilarni boshqarish xizmati hamda hududdagi sanitariya-tozalik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.Muloqot davomida fuqarolar tomonidan jami 2 ta muammo ko‘tarildi.O‘rganish davomida hududda chiqindilarni tashlash uchun belgilangan va jihozlangan maxsus joy mavjud emasligi aniqlandi.Mazkur holat aholi tomonidan maishiy chiqindilarni tartibli joylashtirish imkoniyatini cheklayotgani, hududning sanitariya-tozalik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.Mazkur muammoni bartaraf etish, aholi uchun chiqindilarni tashlashga mo‘ljallangan belgilangan va jihozlangan joy tashkil etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilish belgilandi.O‘rganish jarayonida yana bir muhim masala —avtomobillar uchun to‘xtash joyining mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.Mazkur hududda jami 4 ta pod’ezd mavjud bo‘lib, har bir pod’ezdda 8 tadan xonadon,ya’ni umumiy hisobda 32 ta xonadon istiqomat qiladi. Aholi soni va avtomobil transportidan foydalanish darajasini hisobga olgan holda, hududda avtomobillarni tartibli joylashtirish uchun avtoturargoh tashkil etish zarurati mavjudligi qayd etildi.Mazkur masalani hal etish maqsadida avtomobillar uchun to‘xtash joyini tashkil etish masalasini doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqish hamda tegishli mas’ullarga deputatlik nazorati doirasida murojaat etish belgilandi.Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday nazorat tadbirlari hududdagi sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 5