Ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. G‘oziyeva Xonrabot mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolar istiqomat qiluvchi xonadonlarga tashrif buyurilib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va amaliy yordamlar holati o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolarning mavjud muammolari va ehtiyojlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.