35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi bilan ochiq muloqot

Aholi bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari tuman Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan deputati Sh. Usmonova Qalayi Azizon mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalar hamda aholini qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 2