35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Suv ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Mazkur o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Sulaymonova Gumbaz mahallasida bo‘lib, ichimlik suvi ta’minoti holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Mahalladagi Jambul ko‘chasi (5-ko‘cha)da ko‘chaboshi K.Yusupov hamda nuroniy B.Ismoilov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida hududdagi muammo o‘rganilib, ko‘chadagi 6 ta xonadonga ichimlik suvi tarmog‘i uchun quvurlar tortilmagani sababli mazkur xonadon markazlashgan ichimlik suvi xizmatidan to‘liq foydalana olmayotgani aniqlandi.
Slide 1 of 2