Bugun tuman prokurori J. Xolmuratov hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B. Sodiqova tomonidan Turkman, Qo‘shchinor va Imom ota mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
✅ Ko‘tarilgan barcha masalalar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini ta’minlash maqsadida mas'ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.
🌱 Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.