2026-yil 6-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Turayev tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning masalalariga yechim topishga ko‘maklashish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
🔎 Uchrashuv davomida Parchaqara mahallasi fuqarosining egalik huquqi masalasi yuzasidan bildirgan murojaati tinglandi.
📋 Murojaat mazmuni atroflicha o‘rganilib, fuqaroga amaldagi tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirishlar berildi hamda masalani ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda muammolariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.