Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida tumandagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning holati, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sho‘rlanish va eroziyaning oldini olish ishlari tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarga rioya etish hamda o‘g‘itlardan ilmiy asoslangan me’yorlarda foydalanish holatlari o‘rganilmoqda.
Deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlar faoliyati, Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borilmoqda.