Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Saidova tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi fuqarolar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman kadastr agengligi mutaxassisi, tuman soliqinspeksiyasi xodimlari ham ishtirok etishdilar.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini qonuniy hal etish, yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarining shaffofligi hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
Ushbu qonun ijrosini ta’minlash va aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur nazorat tadbirlari fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash hamda yer munosabatlarida ochiqlik va adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi.