35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Mahalliy budjet daromadlari va soliq tushumlari muhokama qilindi

Mahalliy budjet daromadlari va soliq tushumlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari ijrosi holati, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda undirilishi, shuningdek, mavjud soliq qarzdorliklari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Muhokamalar davomida budjet daromadlarini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda soliq tushumlarini barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati tartibida davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 1