Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ko‘p qavatli uylarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Taxiatosh” MFY 10-Xo‘jayli saylov okrugi hududida ko‘p qavatli uylarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔍 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarni issiq suv bilan ta’minlashda ayrim muammolar mavjudligi aniqlandi.

🤝 Mazkur masala yuzasidan Taxiatosh tumani “Issiqlik tarmoqlari” MChJ mutaxassisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3