Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati va hamkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.Allayarov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Tuproqqal’a tuman Statistika bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar hamda idoralararo hamkorlik holati o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida statistika organi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, statistik ma'lumotlarni shakllantirish va taqdim etish jarayonlari, sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi hamda faoliyat samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, statistik ma'lumotlarning ishonchliligi hamda idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

📝 Muloqot yakunida biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.