Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M.Matyaqubov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov ishtirokida Oxunboboyev mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

📋 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonunlar va davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.

🤝 Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

📝 Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish, aholi bilan doimiy ochiq muloqotni davom ettirish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1