Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati xodimlari D.Yuldashova, U.Tolliboyev va A.Abduraimovlar tomonidan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganilmoqda.

➡️O‘rganish ishlari avvalida ishtirokchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar, ish jarayonida alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlar hamda o‘rganishni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, o‘rganish davomida kotibiyat faoliyatini tashkil etish, deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish, hujjatlar yuritilishi va tashkiliy ishlar holati tahlil qilinib, mavjud tajribalar hamda faoliyatni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Slide 1 of 6