Yangiliklar

🔰Deputat mahallada.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov “Qaliya” MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

🔸Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mahallada yechimini kutayotgan dolzarb muammolar tahlil qilindi. Fuqarolar tomonidan yo‘llangan har bir murojaat atroflicha o‘rganilishi va ularni hal etish choralari belgilandi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3