Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari e'tiborda

Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugi deputati L. Niyozova hamda doimiy komissiyalar kesimida biriktirilgan Pensiya jamg‘armasi xodimi bilan birgalikda saylov okrugidagi aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning murojaat va muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, mavjud muammolar bosqichma-bosqich ijobiy hal etilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarga 162 ta eng muhim qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning huquqiy bilim va xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Slide 1 of 3